Britaniya uchar taksini sinab ko‘rdi
Buyuk Britaniya olimlari uchar taksini ochiq havoda sinovdan o‘tkazdi. “Telegraph” gazetasi yozishicha, gap “Vertical Aerospace” kompaniyasining VX4 elektrosamolyoti prototipi haqida ketyapti. Mazkur qurilma vertolyot kabi tik yo‘nalishda uchib, qo‘na oladi.
Ma’lumotga ko‘ra, “Vertical Aerospace” kompaniyasi yo‘lovchilarni shahar ichida yoki hududlar aro shovqinsiz, havoga zararli gaz chiqarmasdan tashiydigan uchar taksilar yaratuvchi klasterining bir qismi hisoblanadi.