Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Britaniya TIV rahbari Ukraina masalasida kutilmagan bashorat qildi
16:22 / 2024-09-23

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi ta’kidlashicha, Ukrainadagi harbiy mojaro 2026 yilgacha va keyin ham davom etishi mumkin.

“Guardian” gazetasi vazirdan iqtibos keltirib shunday yozgan: 

– Ukrainada urush qiyinchiligi va muammosi yanada chuqurlashadi va keskinlashadi. Ayniqsa 2025 yil oxiri va 2026 yildan keyin ham. Ayni dam g‘arb siyosatchilari Ukraina armiyasini qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishning turli choralarini ko‘rishda davom etmoqda. Bu jarayonda Rossiya hududiga chuqur zarba berishga qo‘yilgan taqiqni bekor qilish imkoniyati ham ko‘rib chiqilyapti. Ukraina va g‘arbdagi ittifoqchilar sharqda kuchli bosim ostida turgan front chizig‘ini ushlab turishdan tashqari, jang maydonida ham Kiyevga yordam berish uchun nima zarurligini faol muhokama qilmoqda.