English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Britaniya TIV: Afrika bilan faol ish olib borish zarur
13:34 / 2023-07-31

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Jeyms Kleverli “Financial Times” nashriga intervyu bergan chog‘ida ta’kidlashicha, mamlakat Afrika qit’asi bilan hamkorlikni yanada faollashtirishi kerak. Ayni mazmundagi bayonot Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan “Rossiya – Afrika” sammiti yakunlangandan keyinoq e’lon qilingan.

Vazir aytishicha, Qirollik Afrika yetakchilari “salohiyatini kuchaytirish va qit’a davlatlari harbiylarining Britaniya qurolli kuchlarida tayyorgarlik ko‘rishi” bo‘yicha har qanday so‘rovni ko‘rib chiqishga rozi. Bundan tashqari, Britaniya qo‘shinlari Afrika qit’asiga harbiylar mahoratini “eksport qilishi mumkin”.  

Kleverli Afrikaning ayrim mamlakatlariga Rossiya va Xitoydan “yuzaki jozibador takliflar yangragan”ini ta’kidlagan. Shu hafta Kleverli Gana, Nigeriya va Zambiyaga tashrif buyuradi.  

Ushbu safar Afrika mamlakatlari bilan “o‘zaro manfaatli tijoriy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha sa’y-harakatni kuchaytirishi” kerak.