English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Britaniya tashqi ishlar vazirligi Putinning o‘ziga alohida sanksiya qo‘llanishi mumkinligini aytmoqda
16:29 / 2022-01-26

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Liz Trassning bayonot berishicha, mamlakatda shaxsan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qarshi sanksiya qo‘llanishi mumkinligini ma’lum qildi.

"Biz hech narsani hisobdan chiqarmaymiz", – dedi Trass Sky News telekanalida chiqish qilganida unga London AQSH prezidenti Jo Bayden ta’kidlaganidek, Rossiya prezidentiga qarshi sanksiya joriy qilinishini qo‘llab-quvvatlagan bo‘larmidi, deb bergan savolga javoban.

Bundan avvalroq AQSH prezidenti Jo Bayden agar Rossiya tomonidan Ukrainaga qarshi tahdid kuchayadigan bo‘lsa Rossiya prezidenti Vladimir Putinning o‘ziga alohida sanksiya qo‘llanishi mumkinligi haqida aytgan edi.