Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Britaniya parlamenti faoliyati qisqa muddatga toʻxtatildi
17:38 / 2019-08-28

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson mamlakat qirolligiga parlament faoliyatida joriy yilning 14-oktyabr sanasiga qadar tanaffus eʼlon qilishini soʻrab murojaat qildi.


Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson mamlakat qirolligiga parlament faoliyatida joriy yilning 14-oktyabr sanasiga qadar tanaffus eʼlon qilishini soʻrab murojaat qildi.

“Sky news” telekanali xabarida qayd etilishicha, parlament faoliyati joriy yilning sentyabr oyi oʻrtalaridan toʻxtalishi rejalashtirilgan. Mamlakat qonun chiqaruvchi tashkilotining ushbu qarori “Vrexit” loyihasini amalga oshirishda Yevropa Ittifoqi bilan yuzaga kelayotgan muammolar sababli qabul qilingan. Bosh vazir Boris Jonson har qanday vaziyatdan qatʼi nazar Britaniya Yevropa Ittifoqini tark etishini maʼlum qilgan.

– Biz ichki kun tartibimizda belgilangan maqsadlarimizni amalga oshirishda davom etishimiz kerak. Bu borada qatʼiy va mustahkam rejalarimizni shakllantirish uchun parlament faoliyatida qisqa muddatli tanaffus eʼlon qilamiz,– deydi Boris Jonson.