Buyuk Britaniya qurolli kuchlarining mudofaa strategiyasini yangi “20-40-40” shakli asosida o‘zgartirishni rejalashtirmoqda, u uchuvchisiz boshqariladigan samolyotlarga asoslanadi, deb yozmoqda “The Times” nashri.
Avvalroq, “ITV” telekanali manbalarga tayanib, Buyuk Britaniyaning strategik mudofaa haqidagi sharh iyun oyida chop etilishi haqida xabar bergan edi.
– Strategik mudofaa sharhi “20-40-40” deb nomlanuvchi yangi jangovar rejani belgilab beradi va bu innovatsion rejalarning bir qismini tashkil qiladi, -deyiladi maqolada.
Manbaga ko‘ra, yangi formula bo‘yicha jangovar qobiliyatning dastlabki 20 foizini piyoda qo‘shinlar bilan birgalikda tanklar va boshqa og‘ir zirhli texnikalar tashkil etadi. Ular front chizig‘idan eng uzoq masofada joylashadi.
Ularning oldidagi 40 foizlik kuch kamikadze dronlari va masofadan turib xodimlar tomonidan boshqariladigan boshqa "bir martalik" qurollardan iborat bo‘ladi.
Qayd etilishicha, Ukraina mojarosi Qirollik mudofaa strategiyasini qayta ko‘rib chiqishga ta’sir qilgan.
S.Rahimov, O‘zA