Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Britaniya, Italiya va Yaponiya yangi avlod qiruvchi samolyoti haqida ma’lumot berdi
14:37 / 2024-07-23

Farnboro xalqaro aviasalonida Buyuk Britaniya, Italiya va Yaponiya birgalikda yaratishi rejalashtirilgan yangi avlod qiruvchi samolyoti ko‘rinishini taqdim etdi. Uchoq 2035 yil foydalanishga topshiriladi. 2022 yil dekabrda mazkur uch mamlakat yetakchilari shunday kelishuvga erishgan edi.

Ushbu ma’lumot Italiyaning “Leonardo” mashinasozlik guruhi e’lon qilgan matbuot xabarnomasida keltirilgan.

– Global jangovar aviatsiya dasturi (GCAP) ishtirokchisi hisoblanadigan uch mamlakat kuni kecha birgalikda kelgusi avlod jangovar samolyoti shaklini namoyish qildi, – deyilgan xabarda.

Britaniya vakili German Klasen ma’lum qilishicha, hamkorlar loyihalash va ishlab chiqarish jarayoniga 2025 yil kirishadi.

Ta’kidlanishicha, yangi modelning qanotlari samolyot aerodinamikasini kuchaytirish uchun avvalgilaridan farqli ravishda uzun qilib yasaladi. Mashina qurollar intelluktual tizimi, dasturiy ta’minot asosida ishlaydigan interfaol sahn, shuningdek muvofiqlashtirilgan me’yor ko‘rsatkichi va hozirgilariga qaraganda 10 ming marta ko‘p ma’lumot taqdim eta oladigan yangi avlodga mansub kuchli radar bilan ta’minlanadi.

Ushbu qiruvchi samolyotning britancha ko‘rinishi “Tempest”, deb nomlanadi. Yangi avlod uchog‘i Yaponiyada F2, Italiya va Britaniyada esa “Eurofighter Typhoon” o‘rnini egallaydi. Loyihani amalga oshirishda kun chiqar yurtdan “Mitsubishi Heavy Industries”, Birlashgan qirollikdan “BAE Systems Plc”, Apennin yarim orolidan “Leonardo SpA” korporatsiyalari asosiy ishtirokchi hisoblanadi.