Britaniya Isroil vazirlariga sanksiya qo‘lladi
Buyuk Britaniya G‘azoga nisbatan kuchli norozilik kayfiyati uchun Isroil hukumatining ikki o‘ta o‘ng qarash vazirlari Bizolil Smotrich va Itamar Ben-Gvirga nisbatan cheklov kiritib, ularning tegishli mablag‘ini muzlatdi. Bu haqda "Irna news" xabar bergan.
Bu rasmiylar zo‘ravonlik va inson huquqi poymol etilishiga sababchi sifatida ko‘rsatildi. Endi moliya va milliy xavfsizlik vazirlari Buyuk Britaniyaga kira olmaydi.
Qirollik tashqi ishlar vaziri Devid Lammi ta’kidlashicha, ikki vazir "ekstremistik zo‘ravonlikka, Falastinda inson huquqi jiddiy buzilishiga undagan" shaxslardir.
O‘tgan oy parlamentda so‘zlagan Lammi Smotrichning G‘azoni falastinliklardan “tozalash” haqidagi so‘zlarini “dahshat” va “xavfli ekstremizm” deya ta’riflagan edi.
Musulmon Ziyo, O‘zA