Buyuk Britaniya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yil jami 8 790 AQSH fuqarosi Qirollikka ro‘yxatdan o‘tkazish yoki fuqarolik olish uchun ariza topshirgan.
Bu 2024-yildagi eng yuqori ko‘rsatkich - 6 192 dan 42 foiz ko‘p. Qonunga ko‘ra, amerikaliklar Britaniyaga fuqarolik yoki ma’lum bir guruh uchun mavjud ro‘yxatdan o‘tish uchun murojaat qilishi mumkin.
“Bloomberg” yozishicha, ushbu raqamlar Prezident Tramp “Amerika birinchi o‘rinda” siyosatiga muvofiq, iqtisodiyot va institutlarni qayta tiklash kampaniyasini kuchaytirgandan keyin ko‘plab amerikaliklar boshqa yurtlardan imkoniyat izlay boshlaganini tasdiqlaydi.
Britaniya hukumati iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga intilayotgani sababli, arizachilar ko‘payishini olqishlaydi. Immigrantlarning umumiy oqimi cheklangan bo‘lsa-da, mamlakat yuqori malakali va yuqori maoshli mutaxassislarga qiziqadi. AQSH fuqarolari esa aksar holatda ushbu mezonga javob beradi.
S.Rahimov, O‘zA