English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Britaniya Bosh vaziri “The Spectator” jurnalistini siyosiy maslahatchi etib tayinladi
09:48 / 2022-12-25

Buyuk Britaniyaning Bosh vaziri Rishi Sunak o‘zining yaqin do‘sti, “The Spectator” haftalik nashrning siyosiy sharhlovchisi va “The Times” gazetasi sharhlovchisi Jeyms Forsaytni siyosiy masalalar bo‘yicha yodamchi etib tayinladi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.

Forsaytning asosiy vazifasi 2024 yilda rejalashtirilgan parlament saylovlarigacha hukmron konservativ partiyaning yanada jipslashuvi uchun hukumat rahbari devoni va deputatlar o‘rtasida ishlarni muvofiqlashtirish bo‘ladi.  

 Dekabr oyi o‘rtalarida “The Observer” gazetasi tomonidan o‘tkazilgan so‘nggi ijtimoiy so‘rov shuni ko‘rsatdiki, konservatorlar muxolifatdagi leyboristlar partiyasidan 14 foizga ortda qolgan.

“The Indipendent”ning ma’lum qilishicha, Sunak va Forsayt Vinchester kollejida birga o‘qishgan. Forsayt va Strattonlarning to‘ylarida Sunak kuyovjo‘ra bo‘lgan.