Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Britaniya amaldori globallashuv davri tugayotganini ta’kidlamoqda
17:30 / 2025-04-21

Sanksiya siyosati va AQSHga import bojlari joriy etilishi globalizmga o‘rin yo‘q bo‘lgan yangi iqtisodiy tafakkurdan dalolat bermoqda, -dedi Buyuk Britaniya Lordlar palatasi a’zosi Robert Skidelskiy.

– Hammasi sanksiyalardan boshlandi, ular globallashuvning qulashini tezlashtirdi, -deya qo‘shimcha qildi u. – Dunyo uch qismga bo‘lindi: sanksiya qo‘yuvchilar, sanksiyaga uchraganlar va ular orasidagi davlatlar. Bu AQSH boshchiligidagi NATO va Hindiston bilan Xitoy boshchiligidagi Qo‘shilmaslik harakati mavjud bo‘lgan sovuq urush davrini eslatmoqda.

Siyosatchining qayd etishicha, tarix yana takrorlanmoqda va endi hozirgi siyosiy ittifoqlar asosida yangi jahon bozorlari shakllana boshlagan.