Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«BRIKS» o‘yinlari: yettinchi kungi musobaqalar sportchilarimiz uchun omadli kechdi
11:20 / 2024-06-20

Qozon shahrida davom etayotgan «BRIKS» o‘yinlarining yettinchi kungi musobaqalari o‘zbekistonlik sportchilar uchun omadli kechdi.

200 metrga kanoeda eshkak eshish poygasida raqobatning kuchliligiga qaramasdan hamyurtimiz Artur Guliyevning barcha raqiblarini dog‘da qoldirgani e’tiborli bo‘ldi. U final ostonasida soniyalar oralig‘ida rossiyalik Sergey Svinarevni kumush, belaruslik Aleksandr Zubokni bronza medali bilan kifoyalantira oldi. Oltin medal esa terma jamoamiz a’zosi Artur Guliyevga tegishli bo‘ldi.

Ayollar kurashidagi o‘ziga xos bellashuvlar sarhisobiga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 1 ta kumush, 3 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, o‘yinlarning boks musobaqalaridagi ilk kungi saralash janglaridan yurtimiz charm qo‘lqop ustalarining 11 nafaridan 6 nafari g‘alabaga erishib, keyingi bosqichda qatnashish baxtiga muyassar bo‘ldi.

«BRIKS» o‘yinlarining sakkizinchi kunida Rossiya sport delegatsiyasi 256 ta oltin, 93 ta kumush va 63 ta bronza medali bilan yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, keyingi pog‘onalardan Belarus (26-49-59), Xitoy (17-16-12), O‘zbekiston (4-13-21, Eron(4-10-15) jamoalari joy olgan.

Bugun «BRIKS» o‘yinlarining sakkizinchi kungi musobaqalarida boks bo‘yicha saralash janglari davom ettirilsa, yunon-rum kurashida 10 ta, qilichbozlikda 3 ta, shaxmatda 1 ta, suzishda 12 ta, ot sportida 4 ta, baydarka va kanoeda eshkak eshishda 4 ta medallar jamlanmasi uchun kurashlar bo‘lib o‘tadi.

O‘yinlar 23 iyunga qadar davom etadi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA