Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BRIKS dunyo iqtisodiyotini o‘zgartirishga qodirmi?
10:46 / 2023-08-21

BRIKS tashkilotiga a’zo davlatlar birgalikda dunyo iqtisodiyotini hamda xalqaro munosabatlarni sezilarli ravishda o‘zgartirishi mumkin, dedi Janubiy Afrika Respublikasi Prezidenti Siril Ramafosa BRIKS sammiti arafasida millatga qilgan murojaatida.

“BRIKS mamlakatlari jamoa bo‘lib, global rivojlanishni shakllantira oladi va birgalikda harakat qilib, dunyo iqtisodiyotini, xalqaro munosabatlarni sezilarli ravishda o‘zgartirishi mumkin”, – dedi Ramafosa.

Uning fikricha, sayyoramiz aholisining 40 foizi yashayotgan BRIKS mamlakatlari qadriyati o‘z hududidan kengroq, ushbu tashkilot iqtisodiy qudrati, bozor imkoniyati, siyosiy ta’siri va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik salohiyati bilan dunyoda muhim o‘ringa ega.

So‘nggi yillarda Argentina, Eron, Jazoir, Tunis, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Misr singari 19 mamlakat mazkur yirik xalqaro iqtisodiy tuzilmaga qo‘shilish istagini bildirgan.