Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Brifing: 40 ming 468 nafar mahkum ham ovoz berishda ishtirok etmoqda
10:37 / 2024-10-27

Saylovni o‘tkazishda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash muhim masalalardan biri hisoblanadi.

Markaziy saylov komissiyasining Matbuot markazida ichki ishlar vaziri o‘rinbosari B.Abdullayev ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.  

Unda qayd etilganidek, bugun jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida tezkor choralar ko‘rish uchun hududlarda Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa idoralar bo‘linmalarining uzluksiz navbatchiligi tashkil etilgan.  

Xizmatga jalb etilgan har bir ichki ishlar xodimi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligining harbiy xizmatchisiga saylov uchastkasi yonida favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan taqdirda xodim o‘zi qo‘riqlayotgan joyni tark etmasdan, darhol rahbariyat yoki navbatchilik qismiga axborot berishi, uchastka komissiyasi a’zolari, kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillarining qonuniy faoliyatiga aralashish holatlari yuz berganda yoki ovoz berish uchun kelgan fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilganida, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish vazifalari topshirilgan.    

[gallery-20026]

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, saylov o‘tkazish tartibini buzganlik uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda va Jinoyat kodeksida javobgarlik belgilangan. Saylov komissiyalari faoliyatiga oid murojaatlar sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.  

Hozirga qadar saylovga oid qonunchilikni buzishga oid murojaatlar kelib tushmagan.  

Milliy saylov qonunchiligimizga muvofiq saylovda 40 ming 468 nafar qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan, shuningdek, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etgani uchun jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar ham ovoz berishda ishtirok etmoqda. 

Ularning mazkur qonuniy huquqini ta’minlash maqsadida Markaziy saylov komissiyasi bilan kelishilgan holda qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylaridagi mahkumlarning ovoz berishlari uchun jami 48 ta saylov uchastkalari tashkil etilgan. Jazoni ijro etish muassasalarida nomzodlar va ularning ishonchli vakillari ishtirokida 100 dan ortiq targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.  

Brifingda qayd etilganidek, hozirga qadar saylovga doir qonunchilikni buzishga oid murojaatlar kelib tushmagan.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/34y9rp8E_lg?si=96CQQTwp0gijCf27" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhtarama Komilova,  

Asliddin Alijonov (surat),  

O‘zA