Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BRICS sammitining Qozon deklaratsiyasi qabul qilindi
18:51 / 2024-10-24

BRICS sammiti yakuni bo‘yicha deklaratsiya qabul qilindi. Hujjatda qator muhim xalqaro masalalar bo‘yicha chaqiriqlar – Isroilning Livan janubidagi harbiy amaliyotini to‘xtatish, Qizil dengizda erkin navigatsiyani hurmat qilish, Falastin ma’muriyatining BMTga to‘laqonli a’zo sifatida qabul qilinishini qo‘llab-quvvatlash qamrab olingan.

Ishtirokchilar Rossiya – Ukraina urushini tinch yo‘l bilan hal qilish masalasiga ham to‘xtalib,  bu masalada Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomiga rioya qilish zarurligini ta’kidlagan. Yaqin Sharqda yadro qurolidan xoli hudud yaratish, Afrikadagi mojarolarni hal qilish va terrorizmga qarshi kurash tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham yakdil fikr bildirilgan.

Tadbirda terrorizmga qarshi ishchi guruhni qo‘llab-quvvatlash va ayni masalaga yondashuv aks etgan hujjat qabul qilishga kelishildi. Yakuniy qarorda keyingi sammit 2025 yil Braziliyada o‘tkazilishi ma’lum qilingan.

Новости


Sammitda MDH mamlakatlari yetakchilari qatori O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi. Davlatimiz rahbari Qozonga tashrifi chog‘ida Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov bilan uchrashdi. Muloqot davomida mamlakatimiz hududlarining Tatariston bilan o‘zaro manfaatli va ko‘p qirrali hamkorligini yanada kuchaytirish, фаол muloqot va o‘zaro tashriflarni davom ettirish, O‘zbekiston hududida qo‘shma iqtisodiy va sanoat zonalari faoliyatini kengaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi. Shu kuni Shavkat Mirziyoyev Qozon shahridagi BRICS sammitida ishtirok etayotgan delegatsiyalar rahbarlarini qutlash marosimida qatnashdi.

Bir vaqtlar besh mamlakatni hamfikr guruhga aylantirgan mazkur tuzilma tarkibi yil sayin kengayib, hudud, aholi va YAIM ko‘rsatkichi bo‘yicha sayyora miqyosida yirik uyushmaga aylanmoqda. Iqtisodiy maqsadda tuzilgan ushbu tashkilotni ba’zan boshqa nufuzli xalqaro siyosiy-harbiy tuzilmalar bilan qiyoslashga urinish kuzatiladi. Masalan, BRICS ixtiyorida umumiy qurolli kuchlar mavjud bo‘lmasa-da, mudofaa nuqtai nazaridan NATO, iqtisodiy jihatdan Yevropa Ittifoqi bilan qarama-qarshi qo‘yiladi. Xo‘sh, BRICS qanday tashkilot va nima uchun tuzilmaga jahon miqyosida qiziqish ortmoqda?

BRICS dastlab 5 davlat – Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrikani birlashtirgan, nomi ham ushbu mamlakatlarning inglizcha atalishidan kelib chiqqan: BRICS – Brazil, Russia, India, China, South Africa).

Qisqartma ilk bor 2001 yil, tashkilot ta’sis etilishidan besh yil oldin Amerikaning “Goldman Sachs” moliya-investitsiya kompaniyasi global iqtisodiy tadqiqotlar bo‘limi rahbari Jim O'Nill tomonidan qo‘llangan.

Uyushma yalpi ichki mahsulot miqdori eng tez o‘sib borayotgan dunyoning besh iqtisodiyotini birlashtirgan.

Faoliyat maqsadi yetakchilar qo‘shma bayonotida belgilangan: izchil, faol, pragmatik, ochiq va shaffof muloqot, hamkorlikni rivojlantirish.

Hamkorlik, birinchi navbatda, iqtisodiy – energetika, oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish, xavfsizlik – kiber tahdidga, giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashishni nazarda tutadi. Qolaversa, BRICS tamoyilida “rahbarlar” va “izdoshlar” tushunchasi  yo‘q. Qarorgohi yo‘q va Nizomi ishlab chiqilmagan, faqat norasmiy qoidalari mavjud mazkur assotsiatsiya boshqa xalqaro tuzilmalar bilan hamkorlikka tayyor. Har yili bir davlat rais etib tayinlanadi, yig‘ilishda moderatorlik qiladi va sammitni tashkil etishga bosh-qosh bo‘ladi. Tuzilmada Bosh kotib yoki boshqa yetakchilik lavozimi ta’sis etilmagan.
Integratsiyaning aniq tamoyilini belgilab beradigan Sammit protokoli va qarorlari Nizom o‘rnida qabul qilinadi.

To‘g‘ri, Janubiy Afrika Respublikasi guruhga bir oz keyinroq – 2011 yil qo‘shildi va shunga monand ravishda tashkilot nomi ham bir harfga kengaydi.
 

Лидеры стран БРИКС прибыvaют в Казань на sammit — Главные новости Москвы,  России и мира

Hozir BRICS davlatlarida jami taxminan 3,24 milliard kishi yashaydi. Bu sayyoramiz aholisining 40 foizidan ko‘proq. 2026 yilga borib ushbu ko‘rsatkich, birinchi navbatda, Xitoy va Hindiston hisobiga 625 millionga ko‘payishi kutilyapti. Xalqaro farazga ko‘ra, 2030 yil yoki yanayam oldinroq uyushma jahon yalpi ichki mahsulotining 50 foizdan ziyodini qoplarkan.
So‘nggi yillarda tashkilotning xalqaro ta’sir doirasi kengayib, guruhga kirish istagini bildirgan davlatlar soni ortmoqda. Joriy yil yanvar oyidan boshlab, tarkib Misr, Birlashgan Arab Amirliklari, Eron va Efiopiya hisobiga kengaydi. Saudiya Arabistoni ham shunday niyatini oshkor qilgan.

Avval tuzilmaga qo‘shilish tashabbusini ilgari surib, keyin qarorini o‘zgartirgan mamlakatlar ham yo‘q emas – Argentina. Prezident Xaver Miley hokimiyat tepasiga kelishi bilan “a’zolik to‘lovi” uchun mablag‘ yo‘qligi bahonasida muayyan g‘oyadan voz kechdi.

Shunga qaramay, BRICS a’zolarining dunyo iqtisodiyotidagi o‘rni mustahkamlanib, o‘zaro hamkorlik maydoni kattalashmoqda. Zero, iqtisodiy nuqtai-nazardan jozibadorligi ortib borgani sari, har qanday tuzilma tarkibi yangi mamlakatlar hisobiga kengayib boraverishi tabiiy.

Saidmurod Rahimov, O‘zA sharhlovchisi