Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Breyn-ring”da davlat xizmatchilari
15:59 / 2023-12-06

Davlat xizmatchilarining intellektual salohiyatini oshirish hamda ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish maqsadida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Navoiy viloyati filiali tomonidan “Zakovat intellektual klubi” NTT bilan hamkorlikda “Breyn-ring” intellektual turniri o‘tkazildi.

Qizg‘in bahslarga boy tarzda o‘tgan bellashuvda jamoalar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Mehnat kodeksi, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun, davlat boshqaruvi hamda siyosiy-huquqiy sohalarga oid bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.  

1-o‘rinni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi jamoasi egallagan bo‘lsa, 2-o‘rinni viloyat Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi jamoasi, 3-o‘rinni esa Davlat mulki ob’ektlaridan samarali foydalanish boshqarmasi jamoasi qo‘lga kiritdi

G‘olib va sovrindorlar taqdirlandi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri