English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Brexit”dan keyingi Yevroittifoq – Britaniya hamkorligi bo‘yicha bitimining dastlabki bosqich amaliyot muddati ma’lum qilindi
09:46 / 2020-12-29

Yevroittifoq va Britaniya o‘rtasidagi tomonlarning “Brexit”dan keyingi hamkorligi bo‘yicha bitimining dastlabki bosqich amaliyoti yangi yilning 1 yanvaridan 28 fevraligacha qilib belgilandi.

Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlarning doimiy vakillari bu qarorni bir ovozdan ma’qulladi.  

Bitim amaliyotining ma’qullanishiga oid keyingi jarayon uning yozma ko‘rinishini tasdiqlashdan iborat bo‘lib, bu xususda bugungi yig‘ilish yakunida ma’lum qilinadi.  

“Brexit” istiqbolini yashil chiroq nurlari yoritdi: vakillar bitimning dastlabki bosqich amaliyotini bir ovozdan ma’qulladi”, deb xabar qiladi vakillar qo‘mitasining matbuot kotibi Sebastian Fisher “Twitter”da.