Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Brent narxi 1 fevraldan buyon ilk bor 88 dollardan pastladi
11:05 / 2022-09-08

Jahon bоzоrida neft narxi o‘rtacha 5 foizga arzonlashdi, Brent markasining bir barreli 1 fevraldan buyon ilk bor 88 dollardan arzon sotilmoqda.

Eng so‘nggi savdo ma’lumotlarida keltirilishicha, Brent markasining noyabr oyi uchun fyuchers narxi 5,25 foizga tushib, bir barrel qora oltin uchun narx 87,96 dollarda to‘xtagan. WTI markasi uchun oktyabr oyining fyuchers narxi esa 5,77 foizga tushib, 81,87 dollarga sotilmoqda.