Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“BRB sug‘urta” raqamli platformasi taqdimoti o‘tkazildi
15:01 / 2026-02-06

Poytaxtimizdagi “Hyat Regency” mehmonxonasida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan “BRB sug‘urta” raqamli platformasini ishga tushirish munosabati bilan taqdimot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda “Biznesni rivojlantirish banki” ATB boshqaruvi a’zolari va mas’ul xodimlar, yurtimizdagi yetakchi sug‘urta kompaniyalari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirning kirish qismida alohida ta’kidlandiki, so‘nggi yillarda yurtimiz sug‘urta bozori jadal rivojlanib bormoqda. Bu yo‘nalishda xizmat ko‘rsatish sifati mijozlar talablari va xalqaro standlarga hamohang ravishda takomillashtirilmoqda. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 1 mart kuni qabul qilingan “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur Qarorda shuningdek, barcha sug‘urta shartnomalari va polislari yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali rasmiylashtirilishi, qog‘oz shaklidagi polislar amaliyoti bekor qilinib, elektron polis tizimiga o‘tilishi belgilangan. Xususan, “BRB sug‘urta” raqamli platformasi ham ushbu Qaror ijrosi doirasida ishlab chiqilgan. 

Shuningdek, Prezident topshiriqlari ijrosi doirasida “Biznesni rivojlantirish banki” tomonidan Agile jamoalari tashkil etildi. Aynan mazkur jamoalar kredit berish va sug‘urtalash jarayonlarini raqamlashtirish, ortiqcha jarayonlarni qisqartirish hamda mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida “BRB sug‘urta” raqamli platformasini ishlab chiqdilar.

Tadbirda ushbu platforma bank va sug‘urta sohalari o‘rtasidagi hamkorlikni raqamli asosga o‘tkazish, inson omili ishtirokisiz amalga oshirish, sug‘urta xizmatlarini avtomatlashtirish va mijozlarga tezkor hamda shaffof xizmat ko‘rsatishni ta’minlashga xizmat qilishi alohida qayd etildi.

Ta’kidlandiki, so‘nggi yillarda moliya bozorida raqamli transformatsiyaga bo‘lgan ehtiyoj sezilarli darajada ortib bormoqda. Xususan, mijozlarning xizmatlarni onlayn tarzda, ortiqcha qog‘ozbozliksiz va qisqa vaqt ichida olishga bo‘lgan ehtiyoj va talablari oshmoqda. “BRB sug‘urta” raqamli platformasi aynan shu talablarni inobatga olgan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, u sug‘urta polislarini avtomatlashgan tarzda rasmiylashtirish, jumladan E-polis olish imkoniyatini yaratadi.

Ishtirokchilarga platformaning imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Jumladan, raqamli platforma doirasida bank kreditlari bo‘yicha sug‘urta xizmatlarining asosiy turlari joriy etilganiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, kredit qaytmaslik xavfi, ko‘chmas mulk va uskunalar, transport va maxsus texnika, shuningdek, avtokreditlar on-layn sug‘urtalanadi. Sug‘urta mukofotlarini to‘lash esa kassa orqali, hisobvaraqdan o‘tkazish yoki QR-kod yordamida amalga oshirilishi mumkin.

“BRB sug‘urta” raqamli platformasi ishga tushirilganidan buyon qisqa muddat ichida amaliy natijalarga erishildi. Xususan, 2024 yil davomida minglab kreditlar sug‘urtalanib, yuzlab milliard so‘mlik kredit portfeli qamrab olindi. 2026 yilga mo‘ljallangan rejalarga ko‘ra, 15,1 trln so‘mlik kreditlar ajratish ko‘zda tutilgan bo‘lib, ushbu kreditlarda sug‘urta bilan bog‘liq amaliyotlarni amalga oshirishda mazkur platforma bank va sug‘urta sohalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Ishtirokchilar tomonidan ushbu raqamli platforma sug‘urta sohasida yangi bosqichni boshlab berishi, sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlikni mustahkamlashi va bank-moliya bozorining barqaror hamda zamonaviy rivojlanishiga xizmat qilishi alohida e’tirof etildi.

Bank axborot xizmati