Braziliyalik afsonaviy futbolchi Pele kutilmaganda kasalxonaga yotqizildi
Futbol bo‘yicha uch karra jahon chempioni Pele to‘satdan kasalxonaga yotqizildi, deb xabar tarqatdi ESPN nashri.
Braziliyalik afsonaviy futbolchi Albert Eynshteyn nomidagi kasalxonaga rejadan tashqari yotqizilgan, chunki u avvalroq tekshiruvdan o‘tgan edi. Sobiq futbolchiga tana shishishi, yurak yetishmovchiligi hamda hayoli parishonlik tashxislari qo‘yilgan edi.
Xabarda keltirilishicha, yaqinda amalga oshirilgan ximioterapiya natija bermagan. Ayni paytda Pele shifokorlar nazoratidan o‘tkazilmoqda, yaqin orada kasalxonadan chiqishi kutilmayapti, deyiladi xabarda.
Uning kasalxonaga yotqizilganini rafiqasi Marsiya ham tasdiqlagan. Pele hozir 82 yoshda, 2022 yilda u ikki marta Albert Eynshteyn nomidagi klinikaga yotqizilgandi. O‘shanda u ichak, jigar va o‘pkasidagi o‘simtalar bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkazilgan.