Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Braziliyadagi suv toshqini qurbonlari soni 144 nafarga yetdi
20:41 / 2024-05-13

Braziliyada kuchli yomg‘ir sabab yuz bergan suv toshqinida halok bo‘lganlar ro‘yxatida 144 kishi qayd etilgan, 125 insonning taqdiri noma’lum.

Mamlakat janubidagi Rio-Grande-du-Sul shtatida o‘tgan haftadan beri davom etayotgan kuchli yomg‘irdan keyingi toshqin qurbonlari ko‘paymoqda. Yaradorlar hozircha 800 kishi. Jami 2,1 milliondan ziyod odam jabr ko‘rgan, 620 000 fuqaro ko‘chishga majbur bo‘ldi.

Gubernator Eduardo Leyte 3 may kuni qutqaruvchilar yetib bora olmaydigan hududlar ham borligini aytdi.

– Og‘ir vaziyatni boshdan kechiryapmiz, – deya qo‘shimcha qildi u. – Bu davlatimiz tarixidagi eng halokatli voqea.

Leyte fojia ko‘lami tufayli shtat bo‘yicha 180 kunlik “tabiiy ofat holati” e’lon qilingani, odamlarni evakuatsiya qilish uchun katta ish olib borilayotganini aytdi.

Tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan hududlardan ikki marta xabar olgan Prezident Luiz Inasiu Lula da Silva mintaqa tiklanishiga ishonch bildirdi.