French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Braziliyadagi samolyot halokatida 62 kishi halok bo‘ldi
11:59 / 2024-08-11

Braziliya rasmiylari tasdiqlashicha, San-Paulu shtatida halokatga uchragan samolyot sahnidagilarning hammasi topilgan.

BBC “Voepass” aviakompaniyasiga qarashli ikki dvigatelli turbo vintli samolyot Vinxedo shahri hududiga qulagach, jamoalar ofat qurbonlarini topish va ularning shaxsini aniqlash ustida ish olib borgan.

Shanba kuni qurbonlar soni 62 nafarga yetgani e’lon qilindi.

Kompaniya avvalroq “ATR 72-500” rusumli uchoq 57 yo‘lovchi va to‘rt nafar ekipaj a’zosi bilan Parana janubidagi Kaskaveldan San-Paulu shahridagi Guarulxos aeroportiga ketayotganini aytgan.  

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan lavhada samolyot tikkasiga pastga tushayotgani va qulayotgan chog‘ida aylangani aks etgan.

Samolyot turar-joy hududiga qulagan. Xayriyatki, yerdagilardan hech kim jabrlanmagan. Rasmiylar mahalliy turar-joy majmuasidagi birgina uy shikastlanganini qayl etdi.

San-Paulu shtati ma’muriyati kecha mahalliy vaqt bilan soat 18:30 da marhumlarni vaqea joyidan olib chiqish amaliyoti yakunlaganini bildirdi.

Qo‘shimcha qilinishicha, shaxsi aniqlangach, 34 erkak va 28 ayol oilalariga topshiriladi. Marhumlarning yaqinlari jarayonga yordam berish uchun shahardagi mehmonxonaga joylashtirilyapti. Hozircha 38 oiladan vakillar yetib kelgan.

Avvalroq, o‘t o‘chirish bo‘limi vakili kapitan Maykon Kristo yo‘lovchilarni aniqlashda yordam berish uchun guruhlar hujjat, jasadning joylashuviga oid holat, shuningdek mobil telefonlari kabi omillarga tayanayotganini aytgan.