Braziliyada toshqin
BMTning Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT) ma’lum qilishicha, Braziliyaning Riu-Grande-du-Sul shtatida yuz bergan suv toshqini tufayli besh mingdan ko‘p odam uyini tashlab chiqishga majbur bo‘lgan.
Tegishli bayonotda mintaqadagi jabrlanganlarga yordam ko‘rsatishga qaratilgan sa’y-harakat qo‘llab-quvvatlanayotgani bildirilgan.
Hafta boshidagi kuchli yomg‘ir keng ko‘lamli toshqinni keltirib chiqargan. Tabiiy ofat oqibatida uch kishi halok bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, hududda o‘tgan yil ham yirik shunday ofat sodir bo‘lib, 180 dan ziyod inson hayotdan ko‘z yumgan edi.