Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Braziliyada toshqin qurbonlari 46 nafarga yetdi
20:34 / 2026-02-26

Braziliyada 23-fevraldan buyon davom etayotgan kuchli yomg‘ir va suv toshqini qurbonlari soni 46 nafarga yetdi.

Minas Gerays shtati yong‘in xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Juiz de Fora va Uba shaharlarida sodir bo‘lgan ofatdan keyin qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. 21 insonning taqdiri hali noma’lum.

Mahalliy hokimiyat 3600 odam yuqori xavf tufayli uyini tark etganini xabar qildi.

Ob-havo mutaxassislari kuchli yog‘ingarchilik yana davom etishini bashorat qilmoqda. Rasmiylar aholini ehtiyotkorlikka chaqirgan. Gubernator Romeu Zema mahalliy ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida jabrlanganlarga zarur yordam yetkazish ustuvor vazifa ekani, mintaqani tiklash uchun markaziy hukumat bilan hamkorlikka tayyorligini ta’kidladi.

Prezident ma’muriyati esa uysiz qolganlar uchun muzofotlarga qo‘shimcha ko‘mak yuborilishini e’lon qildi.

G.Sattorova, O‘zA