Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Braziliyada suv toshqini oqibatida 34 kishi hayotdan ko‘z yumdi
08:15 / 2022-02-17

Braziliyaning janubi-sharqidagi Petropolis shahrida kuchli yomg‘ir sabab bo‘lgan suv toshqini oqibatida kamida 34 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mintaqaviy rivojlanish vaziri Rojerio Marino ma’lum qildi.

— Petropolisda (Rio-de-Janeyro) 34 kishi halok bo‘lganidan afsusdamiz, — deydi Rojerio Marino. Shahar kuchli yomg‘ir tufayli zarar ko‘rdi. So‘nggi to‘rt soat ichida 200 mmdan ortiq yomg‘ir yog‘di, bu esa daryolarning toshishiga olib keldi. Mamlakatning 52 hududida ko‘chkilar qayd etildi.

“Globo” telekanali orqali namoyish etilgan kadrlarda suv bosgan ko‘cha, maydon va uylarning hovlilari aks etgan.

Rio-de-Janeyro shtati gubernatori Klaudio Kastruning so‘ziga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun 120 nafar qutqaruvchi ishlamoqda, ularga yana qo‘shimcha ravishda 60 kishi jo‘natilgan.

Ulug‘bek Mahmirzayev