French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Braziliyada ikki oydan kamroq vaqt ichida ikki samolyot halokatga uchradi
12:08 / 2023-10-30

Braziliya shimoli-g‘arbidagi Riu-Branku aeroporti yaqinida kichik samolyot halokatga uchradi. Oqibatda 12 kishi, jumladan, bir chaqaloq nobud bo‘ldi.

29 oktyabr kuni bir dvigatelli “Cessna Caravan” uchog‘i Rio-Branko aeroportidan havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay, halokatga uchradi, deb yozdi “Al Jazeera”.

Xabarda aytilishicha, samolyot sahnida ikki uchuvchi, shuningdek olti nafar erkak, uch ayol va bir go‘dak bor edi.

Sentyabr oyida Amazonas shtatida kichik samolyot qulab, 14 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Qurbonlarining hammasi – 12 yo‘lovchi va ikki ekipaj a’zosi braziliyalik sayyohlar edi.