Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Braziliyada Bolsonaru hukumatiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi
13:00 / 2021-05-31

Koronavirus pandemiyasi sharoitida butun Braziliyada prezident Jair Bolsonaru hukumatining olib borayotgan siyosatiga qarshi mitinglar bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi G1 yangiliklar portali.

"O‘tgan shanba kuni kamida 24 shtat va federal okruglarda Bolsonaru hukumatiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Namoyishchilar bir qator talablarni o‘rtaga tashlagan", deyiladi OAV tarqatgan xabarlarda.

Jumladan, namoyishchilar hukumatni COVID-19 ga qarshi vaksina xarid qilishga, aholiga tezkor yordam ko‘rsatishga, fuqarolarning yetarli ta’lim olishi va sog‘liqni saqlash sohasidagi huquqlariga rioya qilishga chaqirgan. Odamlar orasida prezidentning impichmentga tortish haqida ham chaqiriqlar bo‘lgan.

Aksariyat namoyishlar tinch o‘tgani haqida aytilmoqda. Lekin Resifi shahrida harbiy politsiya namoyishchilarni tarqatishda rezina o‘qlardan va ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalangani ham aytilmoqda.