Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Braziliyada avtobus va yuk mashinasi to‘qnashib ketdi
12:26 / 2025-08-11

Braziliyada yo‘lovchi avtobusi va yuk mashinasi to‘qnashuvi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi, 45 kishi jarohatlandi. Bu haqda "Reuters" ma’lum qildi.

Mahalliy OAV ma’lumotiga ko‘ra, Kuyaba shahridan yo‘lga chiqqan avtobus Lukas-du-Riu-Verde shahri yaqinida paxta ortilgan yuk mashinasiga urilgan.

Tan jarohati olganlardan 11 nafarining ahvoli og‘ir.

Voqea joyiga ko‘plab tez yordam mashinalari, o‘t o‘chirish jamoalari yetib kelgan.

Fojia sababini aniqlash bo‘yicha tergov boshlangan.