Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Braziliyada 28 tonna akula musodara qilindi
14:11 / 2023-06-20

Braziliyadagi “Ibama” atrof-muhitni o‘rganish instituti xodimlari ikki marta amaliyot o‘tkazib 28,7 tonna akulani musodara qildi.

Noqonuniy yuk Osiyoga eksport qilinishi rejalashtirilgan. Ekologlar ma’lum qilishicha, jinoyatchilar 10 mingta akulani o‘ldirgan. Ovning asosiy qismi, ya’ni 27,6 tonnasi Santa-Katarina shtatidagi yashirin ombordan topilgan. Bir tonnadan ko‘proq yukni San-Pauludagi Guarulyus xalqaro aeoportidan olib o‘tish mo‘ljallangan.

Bu tarixda shu turdagi eng yirik musodara qilingan miqdor hisoblanadi. Mutaxassislar ta’kidlashicha, jinoyatchilar 4 400 ko‘k akula va 5 600 bosh joriy yil mayda yo‘qolish xavfi ostidagi turlar ro‘yxatiga kiritilgan Makao akulasini nobud qilishgan.