Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Braziliya vaziri saudiyalik hamkasbi sovg‘asini qaytarib bermoqchi
10:46 / 2023-08-01

Saudiya Arabistoni investitsiya vaziri Xolid Al-Falih kecha Braziliya moliya vaziri Fernandu Addaduganga oltin yaguar haykalchasini sovg‘a qildi. Amaldor esa esdalikni San-Pauluda tashrif bilan bo‘lib turgan mehmonga qaytarib berishga majbur bo‘lmoqda.

Braziliya Moliya vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ayni holatda mansabdor shaxslarga mo‘ljallangan qimmatbaho sovg‘alar to‘g‘risida ma’lumot berishni talab qiluvchi protokol qoidasiga rioya qilinmagani uchun hadya Saudiya Arabistonining Braziliyadagi elchixonasiga qaytarib beriladi.

Qayd etilishicha, Bojxona va soliq xizmati rahbari bilan maslahatlashuvdan keyin shunday qaror qabul qilingan. Agar Saudiya rasmiylari sovg‘ani qayta berishni istasa, mahalliy qonunda ko‘zda tutilgan tartibga rioya qilishlari shart.

Mahalliy ommaviy axborot vositalari chop etgan suratda daraxt shoxida yastanib yotgan yaguar tasvirlangan, jonivor ramzi tushirilgan yashil toshga sovg‘a beruvchining ismi yozilgan. Haykalchaning o‘lchami va og‘irligi, taxminiy narxi ko‘rsatilmagan.

 

O‘zA