Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Braziliya va Argentinaga teng keladigani bormi?
11:50 / 2020-10-14

Maʼlumki, 2022-yil futbol boʻyicha jahon chempionati Qatar maydonlarida boʻlib oʻtadi.


Maʼlumki, 2022-yil futbol boʻyicha jahon chempionati Qatar maydonlarida boʻlib oʻtadi. 

Konmebol mintaqasida mazkur chempionatning 2-tur bahslari boʻlib oʻtdi.

Ushbu turning dastlabki uchrashuvi Boliviya va Argentina jamoalari oʻrtasida oʻtdi. Keskin va murosasiz oʻtgan oʻyinda argentinalik futbolchilar 2:1 hisobida gʻalabaga qozongan boʻlsa, Peru oʻz maydonida Braziliyaga 2:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Shuningdek, Ekvador hamda Urugvay terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvda 4:2 hisobi qayd etildi. Chili va Kolumbiya bahsi 2:2 hisobida yakunlandi. Paragvay esa safarda Venesuelani 1:0 hisobida dogʻda qoldirdi.

Shu tariqa, ikkinchi turdan soʻng Braziliya va Argentina 6 ochko jamgʻargan holda saralash bahslari jadvalida birinchi hamda ikkinchi pogʻonani egallab turibdi. Kolumbiya va Paragvay esa bittadan gʻalaba va durrang qayd etib, 4 ochko bilan keyingi oʻrinlarda bormoqda.