French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Brayza: Qorabog‘ni minadan tozalashda yordam kerak
15:51 / 2022-08-03

Xalqaro hamjamiyat Ozarbayjonning Qorabog‘ mintaqasini minadan tozalashda qo‘llab-quvvatlashi kerak.

Bu haqda AQSHning Ozarbayjondagi sobiq elchisi Metyu Brayza ma’lum qildi. 

U minadan tozalash jarayonini imkor qadar tezroq va muvaffaqiyatli amalga oshirishga erishish muhimligini ta’kidladi.

- Zero, minalar odamlar hayotiga jiddiy xavf tug‘dirmoqda, Ozarbayjonning ozod qilingan yerini tiklash uchun zarur sarmoya kiritishga to‘sqinlik qilmoqda, dedi sobiq diplomat. - Shuningdek, hududni tozalash ozarbayjonliklar tarixiy uylariga qaytishi uchun imkon yaratadi. Harbiy amaliyot ortda qoldi. Endi barchamiz e’tiborni minadan tozalash, qayta qurish va oxir-oqibat muammoni abadiy hal qilish uchun tinchlik shartnomasiga qaratishimiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning o‘tgan yetti oyi davomida mina va eskidan qolgan o‘q-dori portlashi oqibatida 35 kishi jarohatlangan, 3 nafar inson xalok bo‘lgan.

A.G‘ulomov, O‘zA