Bozorov Ramazon Shamil o‘g‘lining texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Yuqori tezlikdagi magistrallarda poyezdlar o‘tkazish texnologiyasini takomillashtirish” mavzusida
Bozorov Ramazon Shamil o‘g‘lining 05.08.03 – “Temir yo‘l transportini ishlatish” (texnika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “Yuqori tezlikdagi magistrallarda poyezdlar o‘tkazish texnologiyasini takomillashtirish” mavzusida tayyorlangan dissertatsiyasining (PhD) himoyasi Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.15/31.08.2022.T.73.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 6 iyul soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100167, Toshkent shahri, Temiryo‘lchilar ko‘chasi, 1-uy.
Telefon: (99871) 299-00-01, faks: (99871)293-57-54.