French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bozorlarimizdagi narx-navo: eng qimmat meva Toshkent shahrida, eng arzoni Qoraqalpog‘istonda
18:35 / 2020-11-16

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida Markaziy bank hisob-kitoblariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida bug‘doy uni o‘rtacha 12,9 foizga qimmatlashdi.

Pandemiya davrida asosiy oziq-ovqat tovarlariga, xususan, bug‘doy uniga ham talabning keskin oshishi natijasida mart-may oylarida ushbu tovar narxida yuqori o‘sish kuzatildi.

Tahlillar mamlakatimizda va asosiy savdo hamkor davlatlar – Rossiya hamda Qozog‘istonda joriy yilgi bug‘doy hosilining kutilgandan ko‘proq bo‘lganligini, kelgusida ushbu mahsulot narxining yuqori oshishiga sabab bo‘ladigan omillarning yo‘qligini ko‘rsatmoqda.

Aholi eng ko‘p iste’mol qiladigan guruch ham joriy yilning dastlabki 10 oyida o‘rtacha 13,2 foizga o‘sdi. Hududlar kesimida guruch narxining eng yuqori o‘sish darajasi Qoraqalpog‘iston Respublikasida 19,3 foizga yetgan bo‘lsa, eng past o‘sish Surxondaryo viloyatida 7,8 foiz ekani aniqlandi.

Tadbirkorlar hamda guruch yetishtiruvchi dehqonlar faoliyatining o‘rganishlarda, bu yilgi mavsumda suv tanqisligi sababli guruch hosili kutilgan hajmidan sezilarli darajada kam bo‘lganligi aniqlandi. Bu kelgusida ushbu mahsulot narxiga ma’lum darajada qo‘shimcha bosimni yuzaga keltirishi mumkin.

Qayd etish kerakki, kuzatilayotgan davr mobaynida meva va sabzavotlar narxlari umumiy inflyatsiyaga pasaytiruvchi omil sifatida xizmat qilib, yil boshiga nisbatan 3,3 foizga pasaydi. Xususan, sabzavotlar o‘rtacha 20,5 foizga arzonlashgan bo‘lsa, mevalar 4,3 foizga qimmatlashdi.

Hududlar kesimida, sabzavot narxlarining eng yuqori arzonlashishi Surxondaryo viloyatida (33,8 foiz) kuzatilgan bo‘lsa, eng past arzonlashish Xorazm viloyatida (12,5 foiz) qayd etildi.

Shuningdek, mevalar narxidagi eng yuqori o‘sish Toshkent shahrida (20,6 foiz) va eng past arzonlashish ko‘rsatkichi Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzatildi.

Qayd etish kerakki, meva va sabzavotlar narxi yuqori mavsumiylik xarakteriga ega bo‘lib, avvalgi yillardagi trendiga asosan kelgusi oylarda ushbu mahsulotlar narxlarining mavsumiy qimmatlashishini kutish mumkin.

O‘zA