Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bozorlarda raqobatning kuchayishi sifatni oshiradi (+video)
09:24 / 2024-05-16

2024-yil 1-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Xo‘sh, mazkur qarorning zarur jihatlari nimada?  

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Bosh mutaxassisi Avazbek Yusupov O‘zA muxbiri bilan suhbat jarayonida bunga batafsil to‘xtalib o‘tdi.

— Mazkur qarorga asosan 7 ta nizom tasdiqlangan bo‘lib, shularning asosiylaridan biri Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqe yoki ustun muzokara kuchini aniqlash va e’tirof etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom hisoblanadi. Ushbu Nizomning eski tahrirdagi Nizomdan asosiy farqlari haqida gapirsak. Avvalgi Nizomda tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhini ustun mavqega ega deb e’tirof etishda bozor ulushini aniqlash 35-50 foiz bo‘lgan bo‘lsa, yangi tartibdagi Nizomda mezonlar kengaytirilmoqda. Jumladan, tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining raqobatchilari mavjud bo‘lmasa, bozordagi ulushi 40 foiz va undan ortiqni tashkil etsa, tabiiy monopoliya subyekti deb e’tirof etilsa, muayyan tovarlarni ishlab chiqarish yoki realizatsiya qilish yoxud olish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda mutlaq va (yoki) eksklyuziv huquq berilgan bo‘lsa, ustun mavqega ega deb e’tirof etiladi. 

Shuningdek, oxirgi kalendar yilida tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumi bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz ming baravaridan kamroqni tashkil etuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining (tabiiy monopoliya subyektlari, tovarlarining narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar bundan mustasno) tovar yoki moliya bozoridagi holati ustun mavqe deb e’tirof etilmaydi.  

Shu bilan birga, mazkur Nizom bilan ustun mavqega ega bo‘lmagan xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tomonidan bitim shartlarini, tovarlar realizatsiya qilinadigan hududni va narxni belgilashga bir tomonlama ta’sir ko‘rsatish imkoniyatining mavjudligi ustun muzokara kuchi deb e’tirof etilishi belgilanmoqda.

— Biz bugun bozor iqtisodiyoti davrida monopolist degan terminni juda ko‘p ishlatyapmiz. Monopolistlar kimlar, ular yurtimizda qancha?  

— Bugungi kunda yurtimizda 94 ta korxona 105 ta tovar xizmatlari bo‘yicha ustun mavqega ega, ya’ni monopolist deb e’tirof etilgan.   

Bozorda raqobatchilarga nisbatan noteng sharoit yaratish, iste’molchilar huquqini himoya qilish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan shartnoma shartlariga kamsituvchi moddalarni qo‘shmaslik hamda ularni jilovlab turish maqsadida ustun mavqega ega deb e’tirof etiladi. 

— Bugun hayotimizda elektron xizmatlar kuchaydi. Deyarli barcha xizmat turlari raqamlashtirildi. Raqamli platformaning tasdiqlanish sabablari va uning qulaylik taraflari nimada?

—Raqamli platforma raqamli mahsulotlardan Internet jahon axborot tarmog‘i orqali haq evaziga yoki bepul foydalanishni ta’minlovchi axborot tizimi hisoblanadi. Raqamli platformalarning quyidagi shakllari bor. Misol uchun, elektron savdo maydonchalari, davlat xaridlari va xizmatlari platformalari, yangiliklar agregatorlari, onlayn xaritalar, onlayn to‘lov tizimlari, kriptoaktivlarni ayirboshlash platformalari ijtimoiy tarmoqlar tarkibiga kiradi.  

— Raqamli platformani qanday qilib ustun mavqega ega deb aytish mumkin?  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/AnrNLHxKAOU?si=av1yNzIz5FuR4Ctt" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

— Nizomda tasdiqlandiki, raqamli platforma operatorining raqamli makon chegaralari doirasida so‘nggi kalendar yilda, agar raqamli platforma operatorining o‘z faoliyatini boshlanganiga bir yil to‘lmagan bo‘lsa, u holda tahlil o‘tkazish vaqtiga qadar bo‘lgan davrdagi tushumi miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 100 ming baravariga teng yoki undan yuqori bo‘lsa, raqamli platformaning faol yakuniy foydalanuvchilarining umumiy o‘rtacha soni har oyda kamida 50 mingni yoki faol tadbirkor foydalanuvchilarning o‘rtacha soni har oyda kamida 3 mingni tashkil etsa ustun mavqega ega deb e’tirof etiladi. 

N.Rahmonova,

A.Sodiqov, A.Ahmedov (video), O‘zA