Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bozordagi narx-navolarda o‘zgarish qanday?
17:02 / 2019-04-15

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi mamlakat bozorlaridagi narx-navolarni o‘rganishni davom etadi.


O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi mamlakat bozorlaridagi narx-navolarni o‘rganishni davom etadi. 

Mamlakat bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq 
xo‘jaligi mahsulotlarining 2019 yil 14 aprel holatidagi narxlari

Mol go‘shti
28 000 so‘mdan 40 000 so‘mgacha 

Mamlakatimiz bozorlarida 1 kg. mol go‘shti 28000 so‘mdan 40000 so‘mgacha bo‘lgan narxlarda sotilmoqda. 

Eng arzon narxlar bu haftada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida, “Farhod” bozori (Toshkent shahri)da, Chorsu dehqon bozori (Toshkent shahri), Yunusobod dehqon bozori (Toshkent shahri)da kuzatildi. 1 kg. mol go‘shtining narxi 28000 so‘mdan 40000 so‘mgacha sotilmoqda.

Eng qimmat Andijon viloyati Yangi shahar dehqon bozorida, Urganch shahar Markaziy dehqon bozori – 38000 – 40000 so‘m.

Qo‘y go‘shti
28 000 so‘mdan 45 000 so‘mgacha 

Poytaxt bozorlarida 1 kg. qo‘y go‘shti 28000 – 40000 ming so‘mgacha sotilmoqda.

Eng arzon narx – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida, Chorsu dehqon bozori (Toshkent shahri), 1 kg. qo‘y go‘shti narxi 28000 – 40000 so‘m. 

Eng qimmat narx –Termiz shahar Markaziy dehqon bozori (Surxondaryo viloyati) 1 kg. qo‘y go‘shti 34 000 – 45000 so‘m. 

Tovuq go‘shti
12 000 so‘mdan 20 000 so‘mgacha 

Eng qimmat narx Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida, Farg‘ona markaziy bozorida - 18000 – 20 000 so‘m

Eng arzon narx Buxaro shahar Markaziy dehqon bozorida – 12000so‘m

Poytaxt bozorlarida 1 kg. tovuq go‘shtini o‘rtacha 17000 so‘mdan xarid qilish mumkin. 

Guruch
3 000 so‘mdan 15 000 so‘mgacha 

O‘tgan haftadagi narxlar saqlanib qolgan.

Bu haftada ba’zi bozorlarda guruch narxi biroz qimmatlashgani kuzatildi. 

Eng qimmat narx –Namangan shahri "Sardoba" dehqon bozorida6000 – 15000 so‘m.

Eng arzon Termiz shahar Markaziy dehqon bozori (Surxondaryo viloyati) – 3000 – 14000 so‘m.

O‘simlik yog‘i
8 500 so‘mdan 12 500 so‘mgacha 

Eng arzon Namangan shahri "Sardoba" dehqon bozorida,Farg‘ona markaziy bozorida"Farhod" dehqon bozori (Toshkent shahri)– 8500 – 10 000 so‘m.

Eng qimmat narxlar "Mirobod" dehqon bozori va Qo‘yliq dehqon bozori (Toshkent shahri) - 12500 so‘mgacha 

Un
1 500 so‘mdan 4 000 so‘mgacha 
Unning narxi ba’zi bozorlarda arzonlashgan. 

Eng arzonTermiz shahar Markaziy dehqon bozori (Surxondaryo viloyati)da– 1 kg. 1-navli un 1500 so‘mdan 2000 so‘mgacha.

Eng qimmat narx narxlar – Qo‘yliq dehqon bozori (Toshkent shahri)da, 2 700 – 4000 so‘m. 

Shakar
4 300 so‘mdan 5 500 so‘mgacha 

Eng qimmat narx–Buxaro shahar Markaziy dehqon bozorida, Termiz shahar Markaziy dehqon bozori (Surxondaryo viloyati)da5000-5500 so‘m. 

Eng arzon narx– Chorsu dehqon bozori (Toshkent shahri)4300 – 5200 so‘m. 

Tuxum
300 so‘mdan 650 so‘mgacha 

Eng arzon narx Qo‘yliq dehqon bozori (Toshkent shahri)da – 300 so‘mdan 550 so‘mgacha. 

Eng qimmat Farhod dehqon bozori (Toshkent shahri)da 650 so‘mgacha. 

Kartoshka
1 100 so‘mdan 3 000 so‘mgacha 

Kartoshkaning narxi ba’zi bozorlarda arzonlashgan. 

Eng arzon narx – Chorsu dehqon bozori (Toshkent shahri) 1100 so‘mdan 2500 so‘mgacha. 

Eng qimmat narx - "Mirobod" dehqon bozori (Toshkent shahri)da bozorida 1 kg. kartoshka 3000 so‘mgacha. 

Pomidor 
5000 so‘mdan 17 000 so‘mgacha 

Eng arzon narx– Chorsu dehqon bozori (Toshkent shahri)5000 so‘mdan 10 000 so‘mgacha.

Eng qimmat narx– Buxaro shahar Markaziy dehqon bozorida, Namangan shahri "Sardoba" dehqon bozori5000 – 17000 so‘mgacha. 

Xo‘jalik sovuni
1 500 so‘mdan 3 500 so‘mgacha

Eng arzon narx – Jizzax shahri markaziy dehqon bozori 1 000 so‘mdan 3500 so‘mgacha.

Eng qimmat narx – Namangan shahri "Sardoba" dehqon bozori,Urganch shahar Markaziy dehqon bozori 3000 – 3500 so‘mgacha. 

Mamlakatimiz aksariyat bozorlarida sifatli xo‘jalik sovunini 3000 so‘mdan xarid qilish mumkin.