French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bozor xizmatlari tuzilmasida eng katta ulushni moliyaviy xizmatlar egallaydi
17:53 / 2021-07-28

Xizmatlar sohasining kengayishi va rivojlanishi – milliy daromadlar oshishini ta’minlovchi hamda aholi uchun munosib turmush darajasini ta’minlashning hal qiluvchi omilidir.

Xizmatlarning yuqori sifati va xilma-xilligi xodimlarning mehnat samaradorligini oshiradi, iste’mol xarajatlarini kamaytiradi, vaqtning tejalishiga olib keladi hamda bo‘sh vaqt samaradorligini oshiradi.  

 Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahrida 2021 yil yanvar–iyun oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 47 186,2 milliard so‘mga yetdi. Uning nominal hajmi 11 835,8 milliard so‘mga oshdi. Taqqoslama ekvivalentda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 121,5 foizni tashkil etdi.  

 Aytish joizki, iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tuzilmasida eng katta ulushni moliyaviy xizmatlar egallaydi. 2021 yil yanvar–iyun oylarida ularning ulushi 32 foizni tashkil etdi. Kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar hajmida biroz o‘sish qayd etilib, ularning ulushi atigi 0,7 foizga yetgan.  

 Shuni alohida aytish lozimki, ushbu davrda ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmidagi eng katta ulush – 14,9 foiz (2020 yil yanvar–iyun oylarida – 15,4 foiz)ni Yunusobod tumani tashkil etdi. Xizmat ko‘rsatish sohasining eng past ko‘rsatkichlari Yangihayot tumanida – 1,2 foiz (2020-yil yanvar–iyun oylarida – 0,8 %) qayd etildi.  

 Shuni alohida aytish joizki, ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 2021 yil yanvar–iyun oylarida 2 344,1 milliard so‘mga yetib, bozor xizmatlari umumiy hajmidagi ulushi 5 foizni, 2020 yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 142,5 foizni tashkil etdi. Bu kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning rivojlanishiga olib keladi.  

 Feruza Xo‘jayeva,  

Toshkent shahar statistika boshqarmasi axborot xizmati yetakchi mutaxassisi.