Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bo‘zatovlik Gulsanamning yuragidagi nuqsoni bartaraf etildi
09:50 / 2022-08-20

Shu yil 15 iyul kuni Farg‘ona viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutaxassislari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bo‘zatov tumanida bo‘lib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan edi.

Shuningdek, Qorasuv mahalla fuqarolar yig‘inida tibbiy ko‘rik tashkil etilib, bemor fuqarolar salomatligini tiklashi uchun Farg‘ona viloyati tibbiyot muassasalariga yo‘llanmaga tavsiya etilgan edi. Kuni kecha Bo‘zatov tumanida yashovchi, 2008 yilda tug‘ilgan Gulsanam Jakselekova Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga davolanish uchun tashrif buyurdi.

– Bemor G. Jakselekova tekshiruvlardan o‘tib, shifoxonaning kardioxirurgiya bo‘limiga tug‘ma yurak nuqsonini operativ yo‘l bilan bartaraf qilish uchun yotqizildi, - deydi bo‘lim vrach-kardiologi A’zamjon Andapo‘latov. – Bemorga sun’iy qon aylanish va AORTA okklyuziyasi sharoitida qorinchalararo to‘siq defekti plastikasi va uch tabaqali klapan plastikasi operatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

[gallery-8412]

Hozirda Gulsanamning ahvoli qoniqarli va sog‘lom. Ertaga reanimatsiya bo‘limidan kardioxirurgiya bo‘limiga olib o‘tiladi va davo muolajalari o‘sha yerda davom ettiriladi.

– Tumanimizga shifokorlar kelibdi, degan xabarning o‘zi menga ancha quvvat bag‘ishladi, - deydi bemorning onasi Baxtigul Abdukarimova. – Qizimni 4 yoshligidan beri tug‘ma yurak nuqsoni kasalligi bezovta qilar edi. Tibbiy ko‘rikdan so‘ng jarrohlik amaliyoti o‘tkazish uchun Farg‘onaga yo‘llanma berildi. Malakali mutaxassislar farzandimning yuragidagi nuqsonni bartaraf etdi. Barcha shifokorlardan minnatdorman.

Muqimjon QODIROV(surat), O‘zA