French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bo‘zatov iqtidorlarni kashf etmoqda
10:46 / 2025-05-30

FOTOREPORTAJ

Yosh avlodning musiqa va san’atga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Bo‘zatov iqtidorlarni kashf etadi” shiori ostidagi an’anaviy “Yoshlar ovozi” respublika tanlovining Surxondaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi. 

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan mazkur tanlovda 10 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iste’dod egalari baxshichilik, an’anaviy ijro, estrada va opera yo‘nalishida o‘z iqtidorini namoyon etish uchun sahnaga chiqdi. 

[gallery-23668]

– O‘zida beshta bosqichni mujassam etgan “Yoshlar ovozi” tanlovi yildan- yilga yangi iqtidorlarni kashf etmoqda, - deydi Viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Nargiza Musayeva. – Uning mahalla, sektor va tuman bosqichlarida 33 ming 240 nafar o‘g‘il-qiz saralandi. Ularning 155 nafari viloyat bosqichida o‘zgacha ishtiyoq va shijoat bilan o‘z salohiyatini sinovdan o‘tkazish imkoniga ega bo‘ldi. 

Tanlovning viloyat bosqichida faxrli o‘rinlarni egallagan 12 nafar iqtidor sohibi diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. G‘oliblar joriy yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Bo‘zatov tumanida bo‘lib o‘tadigan tanlovning respublika final bosqichi yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA