Poytaxtimizda Yoshlar ishlari agentligi va bir qator mas’ul tashkilotlar hamkorligida "Bo‘zatov FEST ” tanlovining 2025 yilgi respublika bosqichi yakunlandi.
Davlatimiz rahbarining yoshlar salohiyatini yuzaga chiqarish bo‘yicha tashabbusi asosida yo‘lga qo‘yilgan “Bo‘zatov FEST ” tanlovining kuchli raqobat va unutilmas lahzalarga boy bo‘lgan finalida yangi yosh iste’dod egalari aniqlandi.


Ma’lumki, “Bo‘zatov FEST ” ko‘rik-tanlovi 2021 yildan boshlab Yoshlar ishlari agentligi va hamkor tashkilotlar tomonidan an’anaviy tarzda o‘tkaziladi. 2021-2025 yillar orasida ushbu loyiha brend darajasiga chiqdi. Qolaversa, millionlab yoshlarni qamrab olib, ularning eng sevimli tanloviga aylandi.


“Yoshlar ovozi” — "Bo‘zatov FEST" tanlovi baxshichilik, an’anaviy ijro, opera va estrada yo‘nalishlari bo‘yicha mahalladan boshlanib, sektor, tuman, viloyat va respublika bosqichlarida 3 ta yosh toifasida o‘tkazildi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA