Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Bo'zatov FEST” – iqtidorlar saralanmoqda
10:47 / 2024-03-30

FOTOREPORTAJ

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi 5-musiqa va san’at maktabida “Bo'zatov FEST” yoshlar ovozi tanlovining sektor bosqichi bo‘lib o‘tdi.  

– “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi tanlov va sport musobaqalari yoshlarda o‘z-o‘ziga ishonch, uyushqoqlik va vatanparvarlik hislarini mustahkamlamoqda, - deydi tanlov ishtirokchisi Sherali Jo‘rayev. – Bugungi tanlovda hech qanday raqobatni his qilmadim, chunki hammamiz do‘stlashdik, tajriba almashdik, bir-birimizga yordam berdik. Boshqa nominatsiyalar bo‘yicha ishtirokchilar bilan tanishdik. Ularning chiqishlari ham juda qiziqarli va ahamiyatli bo‘ldi.  

Tanlovda yosh yigit-qizlar 4 ta yo‘nalishda o‘z iqtidorini namoyish etdi. G‘oliblar keyingi bosqichga yo‘llanma oldi.

[gallery-16677]

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA