Boysunning tog‘ qishloqlarida qish manzarali
Surxondaryo viloyatining tog‘li Boysun tumani ham bu yilgi qish chillasida oppoq qorga burkandi. Osmono‘par tog‘ cho‘qqilari, noyob o‘simlik va hayvonot dunyosi zumrad qish qo‘ynida uyquga cho‘mdi.
Tuman markazidan olisdagi O‘rmonchi, Dehibolo, Xo‘jaidod singari o‘nlab tog‘ qishloqlarini qoplagan oppoq qor shu kunlarda ham qish faslining fusunkor tabiati bilan kishiga o‘zgacha zavq ulashmoqda. Qishloqlar yo‘llari va quyosh cho‘qqilardan bo‘y ko‘rsatib, iliq tafti bilan qizdirishga ulgurgan yerlarda asta-sekin eriy boshlagan qor qahraton sovuq chekinib, gul-chechaklar nish uradigan go‘zal bahor kelishidan darak bermoqda. Qishloqlar odamlari yana hududni turfa rangga bezaydigan bahorga peshvoz chiqishga hozirlik ko‘rmoqda.
[gallery-10466]
Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA