Boysun tumanidagi tezkor shtabda "Mustaqillikning 25 yilligi" gaz konidagi vaziyatga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi.
Markaziy va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari,blogerlar ishtirok etgan tadbirda energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov, favqulodda vaziyatlar vaziri,general mayor Abdulla Qo‘ldoshev, Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Alisher Amirov, "Eriell" kompaniyasi maslahatchisi Azizbek Nazarov konda amalga oshirilayotgan ishlar, konni o‘zlashtirishdagi murakkab jarayon va yuzaga kelgan texnogen holatni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Qayd etildiki, joriy yilning 1 sentyab kuni sodir bo‘lgan texnogen holat bartaraf etilgach, 17 sentyabr kuni quduqda ish olib borilayotganda quvurning yemirilishi oqibatida yana gaz sizib chiqa boshlagan. Natijadv to‘rt mutaxassis hodisa joyida vafot etib, 11 mutaxassis turli darajadagi jarohat bilan kasalxonaga yotqizilgan. Ularning o‘n nafari tegishli muolajalardan so‘ng bugun shifonadan chiqishiga ruxsat berilgan.Bir mutaxassis davolanmoqda.

Konda favqulodda texnogen vaziyat yuzaga kelgach, maxsus shtab tashkil etilib, Favqulodda vaziyatlar hamda Energetiyea vazirliklari, Surxondaryo viloyati hoyeimligi va boshqa aloqador tizimlar hameorligida sizib chiqayotgan gazni so‘ndirish uchun zarur chora-tadbirlar belgilab olingan. Tevarak-atrofga zarar berishining oldini olish uchun gaz yoqib qo‘yilgan.

Mutasaddilarning aytishicha, ayni paytda Boysunda barqaror vaziyat saqlanmoqda. Kon yaqinidagi qishloqlarda maktab va boshqa ijtimoiy soha ob’ektlari ish faoliyatini odatdagidek davom ettirmoqda. Agar zarurat bo‘lib qolsa, kon yaqinidagi aholini boshqa hududlarga vaqtincha ko‘chirish uchun ham alohida hozirlik ko‘rilgan.
Bo‘lib o‘tgan brifing tafsilotlari bilan batafsil tanishish uchun saytimizni kuzatib boring.
Xolmo‘min Mamatrayimov,
O‘zA muxbiri