French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boysunda Navoiy va Bobur g‘azallari jarangladi
11:45 / 2026-02-11

Surxondaryo viloyatining Boysun tumani madaniyat markazida buyuk mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kunlarga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Turli soha vakillari, nuroniylar, yoshlar ishtirok etgan tadbirda Navoiy va Boburning hayoti, boy adabiy-ma’naviy merosi haqida atroflicha fikr almashildi. O‘zining nafis nazmiy va nasriy asarlari bilan o‘zbek tilining jozibadorligini dunyoga keng tarannum etgan Navoiy hazratlarining insonparvarlik, bag‘rikenglik, saxovatpeshalik kabi yuksak fazilatlarining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati xususida so‘z yuritildi. 

Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi ham o‘sha davr adabiy muhitida muhim o‘rin tutgani, juda sodda, ravon va xalqchil tilda yozilgan “Boburnoma” asari tarixiy voqealarni yuksak badiiy mahorat bilan yoritib bergani bilan noyob manba sifatida asrlar davomida o‘z qadrini yo‘qotmagani qayd etildi. Bu uslub Boburning she’riy merosida ham yaqqol namoyon bo‘lib, asarlaridagi sadoqat, vatanparvarlik, jasorat singari g‘oyalarning mazmun-mohiyati tahlil qilindi. 

Tadbirda Navoiy va Bobur asarlari ifodali o‘qilib, ularning g‘azallari asosida yaratilgan kuy-qo‘shiqlar kuylandi. Ikki buyuk siymoning hayot yo‘li, ijodiy merosi hamda ma’naviy qiyofasi tuman madaniyat bo‘limi san’atkorlarining teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlarida keng namoyish etildi. 

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri