Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boysunda Ma’naviyat va ma’rifat markazi ish boshladi
15:04 / 2022-06-06

FOTOREPORTAJ

Surxondaryo viloyatining tog‘li Boysun tumanida Ma’naviyat va ma’rifat markazi foydalanishga topshirildi. Maskanning ochilish marosimida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyati bo‘limi rahbari N. Rahmatullayeva, tuman hokimi A. Choriyev, sektor rahbarlari, OAV xodimlari, keng jamoatchilik vakillari,  yoshlar ishtirok etdi.   

Ta’kidlash joiz, 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan rejaga ko‘ra, 2023 yil yakuniga qadar barcha hududlarda mana shunday maskanlar qurib foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Xususan, 2021 yilda Termiz shahri, Angor, Muzrabot tumanlarida Ma’naviyat va ma’rifat maskanlari foydalanishga topshirildi. Shuningdek, joriy yilda viloyatning 6 ta tumanida markaz qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, Sariosiyo hamda Boysun tumanlari respublikada birinchilardan bo‘lib ushbu vazifani bajardi. Ma’naviyat va ma’rifat maskani muddatidan oldin foydalanishga topshirildi. bugungi kunda Denov, Sho‘rchi, Sherobod, Qiziriq tumanlarida qurilish ishlari davom etmoqda.      

- Aytish kerakki, ma’naviyat va ma’rifat maskanlarida yaratilgan bu kabi sharoitlar hududlarning ijtimoiy-ma’naviy muhitini yanada yaxshilashda, aholi vakillari, xususan, yoshlar o‘rtasida, milliy g‘urur, milliy daxldorlik tuyg‘usini yanada kuchaytirishda va ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini doimiy muvofiqlashtirishda muhim o‘rin tutadi, – deydi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari N. Rahmatullayeva. –Jamiyatning ma’naviy sohasidagi o‘zgarishlar va islohotlar jarayoni uning boshqa sohalariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Shuning uchun ham kuchli fuqarolik jamiyati va dunyoviy demokratik davlat barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan siyosiy va iqtisodiy islohotlar taqdiri ko‘p hollarda ma’naviyat omiliga bog‘liq bo‘ladi.     

Ushbu ma’naviyat maskanlari milliy merosimiz, buyuk ajdodlarimizning jahon tamadduniga qo‘shgan ulkan hissalarini dunyo miqyosida keng targ‘ib qilish, ma’naviy-ma’rifiy sohani, adabiyot va kitobxonlikni har tomonlama rivojlantirish, bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashda xizmat qiladi.

[gallery-7460]

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat) O‘zA