Boysunda kumush qish tarovati
FOTOREPORTAJ
Boysun tog‘laridagi qish manzarasi tabiatning yana bir go‘zal san’atini namoyon etdi. Tog‘ cho‘qqilariga ilk qor tushib, baland qoyalar va yaylovlarni oppoq libosga burkadi. Betakror kuz manzarasi bilan tanilgan hudud ayni hukmron qish faslini yodga soldi.
Tog‘ bag‘rida joylashgan yaylovlar, toshloq yo‘llar va daralarga qor qo‘ndi. Chor-atrof kumushrang tus oldi. Bu manzara tog‘lar qo‘ynida vaqt o‘tkazishni, sukunatdan huzur topishni istagan sayyohlar uchun ayni muddao. Oppoq qor bilan qoplangan tog‘lar nafaqat ko‘zni quvontiradi, balki inson qalbiga ham sokinlik olib kiradi.
[gallery-26810]
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA