French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boysunda Kadastr agentligi mas’ullari ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi
08:34 / 2023-05-25

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasida aholi murojaatlari yechimiga qaratilgan ishlar samarali tashkil etilgan.

Kadastr agentligi xodimlari tomonidan aholi va yuridik shaxslarga 10 ga yaqin yo‘nalish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatiladi. Shu bilan birgalikda boshqarmada murojaatlarni qisqa muddatlarda ko‘rib chiqish, qonun doirasida ijobiy hal etish bo‘yicha ishchi guruh shakllantirilgan.  

Vazirlik darajasidagi muammoli murojaatlarning yechimiga erishish maqsadida Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisi o‘rinbosari Ahmadjon Suyunov boshchiligida Boysun tumanida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.  

[gallery-12034]

Sayyor qabul davomida aholidan 20 dan ziyod murojaat kelib tushdi. Shundan 9 tasi joyida hal etildi. Qolgan murojaatlarni o‘rganib chiqish uchun tegishli muddat belgilandi.  

Xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, hayotiy muammo va ehtiyojlarini hal etish bugungi kunimizning dolzarb vazifalaridan biriga aylangan ekan, bunday tadbirlarni o‘tkazish ayni muddao.  

 

Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA