Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boysunda havo sharlari ko‘kka ko‘tarildi (video)
13:12 / 2024-01-20

Surxon vohasida xushmanzara tog‘lar qo‘ynidagi ko‘hna Boysun o‘zining go‘zal tabiati, zilol, shifobaxsh suvlari, boldek totli mevalari bilan dunyoga tanilgan. Ushbu zaminda hudud turizm imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida qator tadbirlar, festivallar tashkil etilmoqda. Xususan, bu yerda bir-biridan ajabtovur havo sharlari ko‘kka ko‘tarildi.

Dunyoda kanonlar juda ko‘p. Ular yillar davomida tuproq va qoyalarning suv va shamol ta’sirida yemirilishdan hosil bo‘ladi. Ajib manzara ko‘plab sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi. Boysun shahridan bor-yo‘g‘i 3 km uzoqlikda joylashgan Qizil kanon ham tobora sayyohlarning sevimli manziliga aylanib bormoqda. Aniq raqamlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, Boysun tumaniga o‘tgan 2023 yil davomida jami 232 ming 891 nafar mahalliy va 9 ming 890 nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurgan. Natijada turizm eksporti hajmi 920 ming dollarni tashkil etdi. Yana bir gap. Joriy 2024 yilda hududga 450  ming mahalliy, 23 200 nafar xorijiy sayyohlar tashrifi rejalashtirilgan.    

Umuman olganda, bu kabi turistik festivallarning o‘tkazilishi nafaqat voha, balki yurtimizda ham turizm sohasidagi islohotlar samaradorligini oshirish, uning iqtisodiyotdagi o‘rni va ulushini kengaytirish, xizmatlar sifatini yuksaltirish, qolaversa, turizm infratuzilmasini takomillashtirishga qaratilgani bilan ahamiyatli.

[gallery-15548]

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA