Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boysun tumaniga yangi hokim tayinlandi
20:46 / 2023-01-25

TAYINLOV

Xalq deputatlari Boysun tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Sessiyada shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Jo‘rayev Asqarali Choriyevich vazifasidan ozod etildi. Tuman hokimi lavozimiga Shukurov Boxadir Shoturayevich tasdiqlandi.

Boxadir Shukurov 1973 yil 1 yanvarda Boysun tumanida tug‘ilgan. 1995 yil Toshkent davlat universiteti, 2004 yil Toshkent davlat yuridik instituti, 2006 yil Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi fizik, huquqshunos.

B.Shukurov 1994-2022 yillarda Ekologiya davlat qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi va Oliy Majlis Senatida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2022 yildan buyon Vazirlar Mahkamasining Ekologik nazorat bo‘limi mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.

O‘zA