Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boysun tumani hududidan oʻtuvchi M-39 avtomobil yoʻlida yuk mashinasi ishtirokida yoʻl transport hodisasi sodir boʻldi
12:21 / 2020-05-10

Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmatining xabar berishicha, boshqaruvni yoʻqotgan haydovchi hodisa oqibatida oqibatida qurbon boʻlgan.


Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmatining xabar berishicha, boshqaruvni yoʻqotgan haydovchi hodisa oqibatida oqibatida qurbon boʻlgan.

“Joriy yilning 9-may kuni soat 03:20 larda Surxondaryo viloyati, Boysun tumani, “Shifobuloq” mahallasi hududidan oʻtuvchi M-39 avtomobil yoʻlining 1322 km.da “Toshkent-Termiz” yoʻnalishi boʻylab haydovchi 1974-y.t. F.J. “KAMAZ” rusumli yuk transport vositasida harakatlanayotib, boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida yoʻlning oʻng tomonidagi beton toʻsiqqa urilgan va yoʻldan chiqib ketib YTH sodir etgan” deyiladi xabarda.

Oqibatda haydovchi 46 yoshli F.J. ogʻir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.

IIV maʼlumotiga qaraganda, mazkur YTH yuzasidan Boysun tuman IIB huzuridagi Tergov Boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.